Kontent qismiga oʻtish

Nuakshot

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nuakshot — Mavritaniya poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazi. Atlantika okeani sohilida. Iqlimi tropik choʻl iqlimi. Yanvarda oʻrtacha temperatura 21°, iyulda 28°. Yillikyogʻin 150 mm. Aholisi 667 ming kishi (1999), asli barbar arablaridan kelib chiqqan mavrlar.

Nuakshot XVII asrda portugal mustamlakachilarning harbiy qalʼasi yonida vujudga kelgan. Keyinrok, fransuzlarning Mavritaniyani bosib olishda asosiy tayanch bazalaridan boʻldi. 1950-yilda Senegal daryosining kuchli toshqinidan Nuakshot butunlay vayron boʻlgan. 1957-yilda undan 1 km shim.roqda shu nomda yangi shahar bunyod etildi. 1958-yilda mamla-kat poytaxti Sen-Luidan (Senegal) Nuakshotga koʻchirildi.

Nuakshot — dengiz porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Sanoati oziq-ovqat, yogʻochsozlik, metallsozlik, kichikroq kemalar quruvchi verflar, ishqor fabikasi, bosmaxona, dengiz suvini chuchu-tuvchi qurilma, mayda hunarmandchilik korxonalari va ustaxonalaridan ibo-rat. Universitet, Milliy kutubxona, issiqlik elektr stansiyasi bor. Meʼmoriy binolardan Prezident saroyi, Adliya saroyi, Milliy majlis binolari qurilgan.[1]

  1. ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil