Kontent qismiga oʻtish

Fikr

Vikiiqtibosdan olingan
Fikr

Qardosh loyihalar

Fikr (arabcha: فِكْر‎‎ — tafakkur, gʻoya; aql, oʻylash, oʻy, xayol, mulohaza) — biror narsa, hodisa yoki kimsa haqida oʻy, xayol.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Aqlli kishi oʻz fikrining mevalaridan bahramand boʻladi[1].

Ayrim fikrlar bir yerga jamlangan nur oqimidek odamni u qadar charchatmaydi[2].

Buyuk fikrlarga vaqt ham kor qilmaydi, ular koʻp asrlar muqaddam oʻz mualliflari ongida dastlab qay tarzda yuzaga kelgan boʻlsalar, hozir ham xuddi oʻshanday dolzarbligicha qolaveradilar[3].

Fikrlamoq bir oynadir, senga yaxshi va yomon amallaringni koʻrsatadi[4].

Fikrlash qobiliyati skripka yoki royal chalishga oʻxshaydi. U bilan har kuni shugʻullanib turish kerak[5].

Fikr qalbga kiruvchi nurdir[6].

Fikr va hikmatli soʻzlar, xonani bezab turgan gul singari koʻngilni bezaydi[7].

Fikr — yaxshilik va yomonliklarni koʻrsatadigan oyina[6].

Gapirishda sukutdan, anglab yetishda fikrdan madad olinglar[6].

Goʻzal tashbehlar goʻzal fikrga yarashib, uni avaylab turadi[7].

Ibodatning kaliti fikrdadir. Istaklarning alomati shahvatlar ketidan quvishdadir. Allohga tavakkulning (suyanish) alomati esa istaklardan voz kechishdir[8].

Kimki oʻz fikriga magʻrurlanib ish tutsa, yoʻldan adashadi. Kimki oʻz aqliga suyanib, oʻzgalar bilan hisoblashmasa, xorlik tortadi[9].

Loʻnda fikrlarning afzalligi shundaki, ular jiddiy kitobxonni oʻzicha oʻylashga majbur etadi[10].

Muxtasar ifodalangan oʻtkir fikrlar hayotni yaxshilashga koʻp xizmat qiladi[7].

Oriflik — Allohni tanimoqdir, Allohni tanimoq — fikr yuritmoq va ixlosli boʻlmoqdir[11].

Soʻzlar — asrga, fikrlar esa asrlarga tatiydi[7].

Teran fikrlar — aqlga oʻrnashgan poʻlat mixdek, ularni sugʻurib boʻlmaydi[7].

Oʻzi bilan oʻzi oʻralashib, hech kimni tan olmay qoʻyganlarga taʼna boʻlmasinu, yaxshi fikr qayerdan olinganidan qatʼiy nazar, oʻzingning nodon fikringdan koʻra afzalroqdir[10].

Shunday fikrlar borki, ularni benihoya keng maʼnoda qoʻllash mumkin; shu sababdan bunday fikrlar qanchalik koʻpchilikka mos shaklda ifodalangan boʻlsa, aql va yurakka shunchalik koʻp oziq beradi, ular shu darajada chuqur his etilgan fikrlar boʻlib chiqadi[2].

Chekmasmen oqshomlar shamning minnatin,
Chunki, fikrim shamdan shuʼlaliroqdur[12].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 61.
  2. ↑ 2,0 2,1 Voronsov 1989, s. 9.
  3. ↑ Voronsov 1989, s. 8.
  4. ↑ Tursun 2006, s. 65.
  5. ↑ Rahmat BOBOJON tarjimasi: „Bolaligi boʻlmagan odamning keksaligi ham boʻlmaydi – Charli Chaplindan iqtiboslar“. Oyina.uz (28-yanvar 2025-yil).
  6. ↑ 6,0 6,1 6,2 Tursun 2006, s. 60.
  7. ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 Voronsov 1989, s. 10.
  8. ↑ Tursun 2006, s. 94.
  9. ↑ Tursun 2006, s. 156.
  10. ↑ 10,0 10,1 Voronsov 1989, s. 11.
  11. ↑ Tursun 2006, s. 53.
  12. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 145.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (PDF PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.