Kontent qismiga oʻtish

Val Logsdon Fitch

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Val Logsdon Fitch

Val Logsdon Fitch (1923-yil, 3-oktyabr, Merriman) — amerikalik fizik, AQSH Milliy akademiyasi aʼzosi (1966). MakGill universitetini tugatgan (1948). Kolumbiya universiteti (1953— 54), Prinston universitetlarida (1954-yildan) ishlagan, falsafa fanlari doktori (1954), professor (1960-yildan). Ilmiy ishlari yadro va mezon fizikasi hamda elementar zarralar fizikasiga oid. smezon massasini (J. Reynuoter bn), myumezon chikaradigan rentgen nurlari spektrini oʻlchagan, myumezoatomlarini kashf etgan (1953). Tartib raqami 13^85 oraligʻidagi yadrolar radiusini oʻlchadi va 1,210 13 sm ga tengligini koʻrsatdi (1953). Tauva teta mezonlar yashash vaqti tengligini eksperimental tasdiqladi (1956), Gmezonni kashf etdi (1960). J. Kronin va boshqa bilan 1964-yilda neytral kaonning noyob yemirilishini aniqladi. Birinchi marta K° va K°mezonlar interferensiyasini kuzatdi (1965). Nobel mukofoti laureati (1980)[1][2]

  1. ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. ↑ "FITCH (Fitch) Val Logsdon" OʻzME. F-harfi (Wayback Machine saytida 2022-10-05 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil