Turkiya futbol federatsiyasi

Turkiya futbol federatsiyasi (turkcha: Türkiye Futbol Federasyon; TFF) – Turkiyadagi futbolning asosiy boshqaruv organi hisoblanadi. Federatsiyasi 1923-yil 23-aprelda tashkil topgan va oʻsha yili FIFAga, 1962-yilda esa UEFAga aʼzo boʻlgan[1]. Tashkilot Turkiya milliy futbol jamoasini, Turkiya futbol ligasini va Turkiya kubogini tashkil qiladi.

Turkiya futbol federatsiyasi
UEFA
Fayl:Turkish Football Federation crest.svg
Qisqa nomi TFF
Tashkil etilgan 23-aprel, 1923-yil (103 yil avval) (1923-04-23)
Shtab-kvartirasi Istanbul
FIFA ga aʼzo
boʻlgan sana
1923
UEFA ga aʼzo
boʻlgan sana
1962
Prezident İbrahim Hacıosmanoğlu
Vebsayt [P856] Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash

Boshqariladigan musobaqalar

tahrir

Ligalar

tahrir

Turkiya futbol ligasi tizimi eng yuqori darajadagi Superligadan tortib mahalliy havaskorlar divizionlarigacha boʻlgan sakkiz toifaga boʻlingan.

Kuboklar

tahrir

Turkiya kubogi turnirining nomi 1980–81-yilgi mavsumda Federatsiya Kubogi (turkcha: Federasyon Kupasi), keyin 1992–93-yillarda Turkiya kubogi deb oʻzgartirilgan.

Mezbonlik takliflari

tahrir
Turkiya futbol federatsiyasining Hasan Dogʻan milliy terma jamoalari lageri va mashgʻulot bazasi Riva, Istanbulda

Turkiya UEFA Yevropa chempionatini oʻtkazish uchun besh marta ariza topshirgan.

Turkiya 2008-yilgi Yevropa chempionati uchun Gretsiya bilan qoʻshma ariza bergan, ammo bu taklif muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Ularning 2012-yilgi Yevropa chempionati uchun daʼvolari ham muvaffaqiyatsiz boʻlgan, musobaqani oʻtkazish Polsha va Ukrainaga berilgan. Federatsiya 2016-yilgi Yevropa chempionati mezbonligi uchun ham ariza topshirgan, biroq usbu turnirga Fransiya mezbonlik qilishini eʼlon qilgan. Turkiya, shuningdek, Germaniya bilan raqobatlashib, 2024-yilgi Yevropa chempionati uchun ham daʼvogar edi. Yakunda mezbon Germaniya ekanligi maʼlum boʻldi. Turkiya beshinchi urinishida 2032-yilgi Yevropa chempionati musobaqasini Italiya bilan birga oʻtkazish taklifi gʻolib boʻlgan (ikkala davlat ham 2016-yilgi turnir uchun bir-biriga qarshi daʼvogarlik qilgan) va Turkiya nihoyat UEFA Yevropa chempionatiga mezbonlik qiladi.

Turkiya allaqachon 2005-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalini, 2023-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalini va 2009-yilgi UEFA kubogi finalini Istanbulda oʻtkazgan[2]. Yoshlar darajasida 2008-yilda 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Yevropa chempionatiga mezbonlik qilishgan, 1993-yilda birinchi marta bu musobaqaga mezbonlik qilgan.

Prezidentlar

tahrir
2024-yil 18-iyul[3][4]
Sobiq turkiyalik futbolchi, hakam va „Galatasaroy“ning 3-prezidenti Yusuf Ziyo Onish 1922—1926-yillarda TFFning birinchi prezidenti boʻlgan.
 
Nat. Ism Yillar
Turkiya Yusuf Ziya Öniş 1922–1926
Turkiya Muvaffak Menemencioğlu 1926–1931
Turkiya Hamdi Emin Çap 1931–1937
Turkiya Sedat Rıza İstek 1937–1938
Turkiya Danyal Akbel 1938–1943
Turkiya Ziya Ateş 1943
Turkiya Sadi Karsan 1943–1948
Turkiya Vildan Aşir Savaşır 1948–1949
Turkiya Ulvi Ziya Yenal 1949–1952
Turkiya Mehmet Arkan 1952
Turkiya Mümtaz Tarhan 1952
Turkiya Orhan Şeref Apak 1952–1954
Turkiya Ulvi Ziya Yenal 1954
Turkiya Hasan Polat 1954–1957
Turkiya Orhan Şeref Apak 1957–1958
Turkiya Safa Yalçuk 1958–1959
 
Nat. Ism Yillar
Turkiya Faik Gökay 1959–1960
Turkiya Muhterem Özyurt 1960–1961
Turkiya Bekir Silahçılar 1961
Turkiya Orhan Şeref Apak 1961–1964
Turkiya Muhterem Özyurt 1964–1965
Turkiya Orhan Şeref Apak 1965–1970
Turkiya Hasan Polat 1970–1976
Turkiya Füruzan Tekil 1976–1977
Turkiya Sabahattin Erman 1977
Turkiya İbrahim İskeçe 1977–1978
Turkiya Doğan Andaç 1980
Turkiya Yılmaz Tokatlı 1980–1984
Turkiya A. Kemal Ulusu 1984–1985
Turkiya Erdoğan Ünver 1985–1986
Turkiya Erdenay Oflaz 1986
Turkiya Ali Uras 1986–1987
 
Nat. Ism Yillar
Turkiya Halim Çorbalı 1987–1989
Turkiya Şenes Erzik 1989–1997
Turkiya Özkan Olcay 1997
Turkiya Abdullah Kiğılı 1997
Turkiya Haluk Ulusoy 1997–2004
Turkiya Levent Bıçakcı 2004–2006
Turkiya Haluk Ulusoy 2006–2008
Turkiya Hasan Doğan 2008-yil 15-fevral — 2008-yil 5-iyul
Turkiya Mahmut Özgener 2008-yil 19-avgust — 2011-yil 29-iyun
Turkiya Mehmet Ali Aydınlar 2011-yil 29-iyun — 2012-yil 31-yanvar
Turkiya Yıldırım Demirören 2012-yil 27-fevral — 2019-yil 1-mart
Turkiya Hüsnü Güreli (vaqtincha) 2019-yil 1-mart — 2019-yil 1-iyun
Turkiya Nihat Özdemir 2019-yil 1-iyun — 2022-yil 4-aprel
Turkiya Servet Yardımcı (vaqtincha) 2022-yil 4-aprel — 2022-yil 16-iyun
Turkiya Mehmet Büyükekşi 2022-yil 16-iyun — 2024-yil 18-iyul
Turkiya İbrahim Ethem Hacıosmanoğlu 2024-yil 18-iyul — hozirgacha


Manbalar

tahrir
  1. ↑ „TFF » İş Ortakları“ (Tr). Turkish Football Federation. 2020-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  2. ↑ „BBC: Man City stadium given Uefa final“. BBC News (2006-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 6-yanvar.
  3. ↑ „TFF Başkanlarının Dönemleri ve Yönetim Kurulları“ (Tr). Turkish Football Federation. 2019-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-iyun.
  4. ↑ „Hacıosmanoğlu elected in Türkiye“. UEFA. UEFA (2024-yil 22-iyul). — „İbrahim Ethem Hacıosmanoğlu has been elected new Turkish Football Federation (TFF) president at the congress held in Ankara on 18 July.“. Qaraldi: 2024-yil 25-iyul.

Havolalar

tahrir

Andoza:Turkiyada sportni boshqarish tashkilotlari