Soulfly (talaffuzi:Solflay) — AQShda tuzilgan heavy metal musiqa guruhi. Guruhga 1997-yil Max Cavalera tomonidan California shtatining Los Angeles shahrida asos solingan. Hozirgi tarkibi Max Cavalera, Zyon Cavalera va Mike Leondan iborat. Guruh shu kungacha oʻn ikkita studiyaviy albom, bitta mini-albom, yigirma uchta singl, bitta video-albom va oʻn ikkita videoklip chiqargan. Soulflyning ilk albomi boʻlmish Soulfly 1998-yilning 21-aprelida chiqarilgan. Albom Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan „oltin“ sertifikati bilan taqdirlangan[2]. Guruhning eng oxirgi chiqargan albomi Totem boʻlib, ushbu albom 2022-yilning 5-avgustida eʼlon qilingan. Guruh qoʻshiqlari matnlari avvalboshda siyosiy va diniy mavzularga oid mazmunda boʻlgan boʻlsa, keyinchalik urush, zoʻravonlik, qullik, nafrat va qahrga oid mavzularni ham qamrab olgan.
Soulfly
Soulfly performing at Rockharz Open Air in Germany, 2015