Kontent qismiga oʻtish

La-Korunya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

La-korunya — Ispaniyadagi shahar, Galisiya muxtor viloyatida. LaKorunya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 367,7 ming kishi (1998). Atlantika okeani sohilidagi port. Neftni qayta ishlash, alyuminiy, kemasozlik, oziq-ovqat (asosan, baliqni qayta ishlash), toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Qurol ishlab chiqariladi. Baliq ovlanadi. XII—XVIII asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan[1].

  1. ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil