Christina Koch
| Christina Koch | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
1979-yil 29-yanvar Grand Rapids, Michigan, AQSH |
| Fuqaroligi | AQSh |
| Taʼlimi | North Carolina State University |
| Millati | amerikalik |
| Kosmik karyera | |
Kosmosdagi vaqt |
328 kun 13 soat 58 daqiqa |
Jami EVA vaqti |
42 soat 15 min |
| Missiyalar | MS-12/MS-13 (Expedition 59/60/61) |
Missiya belgisi |
|
Christina Koch ( talaffuzi: Kristina Kuk 1979-yil 29-yanvarda tugʻilgan) — amerikalik muhandis va NASA astronavti[1][2]. U Shimoliy Karolina shtat universitetida elektrotexnika va fizika fanlari boʻyicha bakalavr hamda elektrotexnika fanlari magistri darajasini olgan[3]. U Goddard kosmik parvozlar markazida ishlab, ilgʻor ta'lim oldi. U Milliy okean va atmosfera ma'muriyatida Amerika Samoasi stantsiyasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan[4].
Christina 2019-yil 14-mart kuni Xalqaro kosmik stansiyaga 59, 60 va 61 - ekspeditsiyada parvoz muhandisi sifatida uchdi. 2019-yil 18-oktyabrda u va Jessika Meir, Xalqaro kosmik stansiyadan tashqarida joylashgan blokini almashtirish uchun birgalikda faoliyat olib borishdi, natijada ochiq koinotda ishlagan birinchi ayollar sifatida tarixda qolishdi[5][6]. Christina 2019-yil 28-dekabr kuni koinotda eng uzoq parvoz qilish bo‘yicha rekordni yangiladi[7]. U 2020-yil 6-fevralda koinotdan qaytdi[8].
Koch Time jurnalining 2020-yilning "nufuzli 100 kishisi" ro‘yxatiga kiritilgan.
Erta hayot va ta'lim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Christina Michigan shtatining Grand Rapids shahrida tugʻilgan[9]. Christinaning bolalikdagi orzusi kosmonavt boʻlish edi[10].
Christina 1997-yilda Durhamdagi Shimoliy Karolina fan va matematika maktabini tamomlagan, soʻngra Rolidagi Shimoliy Karolina shtat universitetiga oʻqishga kirgan. U yerdan elektrotexnika va fizika boʻyicha ikkita fan bakalavri (2001) va magistrlik darajasini oldi. 2001-yilda u Goddard kosmik parvozlar markazida NASA akademiyasi dasturining bitiruvchilri safida edi[11].
Tadqiqot va trening
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Christina kosmik fan asboblarini ishlab chiqish va muhandislik sohalarida ishlagan. NASA GSFC yuqori energiyali astrofizika laboratoriyasida elektrotexnika muhandisi boʻlib ishlagan. Hamda astrofizika va kosmologiyani oʻrganuvchi NASAning bir qancha missiyalariga hissa qoʻshgan [11]. Shu vaqt ichida u Merilend shtatidagi Montgomeri kollejida ishlagan va fizika laboratoriyasi kursini boshqargan[11].
Christina 2004-yildan 2007-yilgacha Amerika Qoʻshma Shtatlari Antarktika dasturida tadqiqotchi boʻlib ishlagan hamda uch yarim yil davomida Arktika va Antarktika mintaqalarida sayohat qilgan[11][12]. Antarktidada boʻlganida, Koch oʻt oʻchirish guruhlari va okean/muzliklarni qidirish va qutqarish guruhlari a'zosi boʻlib xizmat qilgan[11].
2007-yildan 2009-yilgacha Koch Jons Xopkins universiteti qoshidagi Amaliy fizika laboratoriyasining kosmik boʻlimida elektrotexnika muhandisi boʻlib ishlagan hamda kosmik fan asboblarini yaratishga e'tibor qaratgan[11]. U NASA missiyalari uchun radiatsiya zarralarini oʻrganuvchi asboblarga, jumladan Juno va Van Allen zondlariga hissa qoʻshgan[11]. 2012-yilda u Milliy Okean va Atmosfera Boshqarmasida (NOAA) ikkita lavozimda ishlagan: avval NOAAning Barrou Alyaskadagi (hozirgi Utqiaġvik) Global monitoring boʻlimi bazaviy observatoriyasida dala muhandisi, soʻngra Amerika Samoa rasadxonasi stansiyasi boshligʻi[11].
Astronavt faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koch 2001-yilda GSFCdagi NASA Akademiyasi dasturini tamomlagan. U 2002-yildan 2004-yilgacha GSFC yuqori energiya astrofizikasi laboratoriyasida elektrotexnika muhandisi bo‘lib ishlagan[13].
2013-yil iyun oyida Koch NASA tomonidan Astronavtlar guruhi 21 tarkibiga kiritildi. U 2015-yil iyul oyida treningni tugatdi va u kelajakdagi missiyalar uchun tayyorlandi[2]. U tayyorgarlik davomida: Xalqaro kosmik stansiya tizimlari boʻyicha intensiv oʻqitish, kosmosda yurish, robototexnika, fiziologik tayyorgarlik, T-38 parvozini tayyorlash, suv va choʻlda omon qolish boʻyicha mashgʻulotlarni oʻtagan[11].

2019-yil 14-mart kuni Koch 59/60/61 Ekspeditsiya ekipajiga qo‘shilish uchun Aleksey Ovchinin va Nik Xeyg bilan birga Soyuz MS-12 da Xalqaro kosmik stansiyaga uchdi[14].
Koch oʻzining birinchi EVA ni 29-mart kuni oʻtkazishi kerak edi; ammo skafandr oʻlchami bilan bogʻliq muammolar tufayli bu keyinroqqa qoldirildi[15]. Koch 18-oktyabr kuni XKSning energiya tizimlari va fizika observatoriyalarida uzoq davom etgan tayyorgarliklardan soʻng, Jessika Meir bilan, birinchi ayollardan iborat koinot sayohatini amalga oshirdi[16][17][18]..
2019-yil 17-aprelda, Tijorat ekipajini rivojlantirish dasturi bilan qayta tayinlash jadvallari tufayli Kochning missiyasi 2020-yil fevraligacha uzaytirildi. U 6-fevral kuni 328 kundan so‘ng Yerga qaytdi va Peggi Uitsonning (289 kun) rekordini yangiladi. Kochning kengaytirilgan missiyasi uzoq muddatli kosmik sayohatning ayollarga jismoniy, biologik va ruhiy ta'sirini oʻrganish uchun xizmat qildi[19].
Koch NASAning 2025-yilga moʻljallangan Artemis dasturi uchun ekipaj a'zolaridan biri sifatida saylandi[20].
Shaxsiy hayot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koch turmush oʻrtogʻi Robert bilan Texasda yashaydi[3]. U sayr qilishni, toshga chiqishni, eshkak eshishni, suzishni, yugurishni, yoga bilan shugʻullanishni, jamoat ishlarini va sayohat qilishni yaxshi koʻradi[11].
Mukofot va unvonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koch NASA va Jons Xopkinsdagi faoliyati davomida bir qator mukofotlarni qoʻlga kiritdi, jumladan, NASA guruhining muvaffaqiyati mukofoti, Jons Xopkins universiteti amaliy fizika laboratoriyasi, "Yil ixtirosi" nominatsiyasi, 2009-yil; Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi Antarktika xizmati medali, "Qish mavsumi" farqi bilan, 2005-yil; NASA Group Achievement mukofoti;
2020-yil dekabr oyida Kochga Shimoliy Karolina shtat universitetining faxriy fanlar doktori ilmiy darajasi berildi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Christina H Koch Twitter sahifasi
- Christina Koch Instagram sahifasi
- 5 Things You Didn't Know About Astronaut Christina Koch—NASA Johnson Space Center, March 13, 2019
- NASA biography
- Christina Hammock Koch facts (Wayback Machine saytida 2022-10-07 sanasida arxivlangan)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Roberts. „2013 Astronaut Class“. NASA (2017-yil 3-avgust). 2013-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-iyun.
- 1 2 „NASA's Newest Astronauts Complete Training“. NASA (2015-yil 9-iyul). 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
- 1 2 „Christina Hammock Koch NASA Astronaut“. NASA (2015-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 15-mart.
- ↑ „NASA announces eight new astronauts, half are women“. Phys.org (2013-yil 17-iyun). Qaraldi: 2019-yil 21-oktyabr.
- ↑ Kowal, Mary Robinette. „Christina Koch Lands on Earth, and Crosses a Threshold for Women in Space - The astronaut completed three all-female spacewalks and set a record for time in space, but you should remember her for much more.“. The New York Times (2020-yil 6-fevral). Qaraldi: 2020-yil 6-fevral.
- ↑ „Space walking“, DK Smithsonian Space: a visual encyclopedia, 2nd, New York: DK Publishing, 2020 — 97-bet. ISBN 9781465494252.
- ↑ Harwood, William. „Koch marks record stay in space for female astronaut“. SpaceFlightNow.com (2019-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 31-dekabr.
- ↑ Rincon, Paul. „New female space record for Nasa astronaut“ (en-GB). BBC News (2020-yil 6-fevral). Qaraldi: 2020-yil 6-fevral.
- ↑ Raven. „NASA's first all-women spacewalk features Michigan native“ (en-US). mlive.com (2019-yil 8-mart). Qaraldi: 2019-yil 18-mart.
- ↑ Staff. „Jacksonville astronaut will 'carry the dreams of everyone' to space“ (en). The Daily News. 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
- 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Whiting. „Christina Hammock Koch NASA Astronaut“. NASA (2015-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 29-mart.
- ↑ Herman. „N.C. State grad joins space race“ (en-US). Business North Carolina (2018-yil 30-iyul). Qaraldi: 2019-yil 18-mart.
- ↑ „Five Facts about Space Camp Astronaut Alumna Christina Koch!“. Space Camp. U.S. Space and Rocket Center (2019-yil 8-mart). 2019-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-aprel.
- ↑ Gebhardt, Chris. „Soyuz MS-12 docks with the Space Station“. NASASpaceflight.com (2019-yil 14-mart).
- ↑ Berger, Eric. „It's unfortunate NASA canceled the all-female EVA, but it's the right decision“ (en-us). Ars Technica (2019-yil 26-mart).
- ↑ „NASA Astronauts Spacewalk Outside the International Space Station on Oct. 18“. NASA (2019-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Voor het eerst maakt vrouwelijk duo ruimtewandeling bij ISS“ (nl). nu.nl (2019-yil 18-oktyabr).
- ↑ Garcia. „NASA TV is Live Now Broadcasting First All-Woman Spacewalk“. NASA Blogs. NASA (2019-yil 18-oktyabr). 2019-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ Roulette, Joey. „NASA astronaut Christina Koch returns to Earth after record mission“ (en). Reuters (2020-yil 6-fevral). Qaraldi: 2020-yil 6-fevral.
- ↑ „NASA: The Artemis Team“. NASA. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.