AA-lava
Qiyofa
| AA-lava |
|---|
AA-lava (Gavayi orollaridagi lavalarning bir turi) — alohida bo‘laklardan tashkil topgan vulkanik lava oqimi. Yuzasi bir necha boʻlaklardan tuzilgan boʻlib, notekis, o‘rtacha va past yopishqoqlikka ega bazalt lavalariga xos. Toʻlqinsimon lavalar bilan birga baʼzi bir otsim tarkibida uchraydi, ulardan qalinligi (4,5—6,0 metrgacha) bilan farqlanadi. Bo‘laklarining ko‘ndalang kesimi odatda 1–1,5 metrga yetadi. Gavayi orollari va Islandiyada koʻp uchraydi. U joylardagi bunday lava oqmalari analxraun nomi bilan mashhur. Koʻpchilik olimlar AA-lavani turlicha nom bilan atashni tavsiya etganlar. Masalan, Shveysariya vulqonshunosi Rittmann „boʻlaklangan lava“, Jaggar esa „afrolit“ deb atashni tavsiya qilganlar.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |